10:23 / 04.11.2019
3 585

90 yashar olim alifboni takomillashtirish yuzasidan taklif berdi

90 yashar olim alifboni takomillashtirish yuzasidan taklif berdi
Alifbosi ikkiga ajralgan jamiyatimizda 35 yoshdan kattalar kirillga, kichiklar esa lotinga moyil. Yoshi ulug‘roqlardan-ku lotin grafikasi xususida iliq fikr eshitish mahol. Qarangki, istisnolar bor ekan. O‘zFA Mikrobiologiya institutida laboratoriya mudiri bo‘lgan Mahmud Zakirov lotin alifbosini takomillashtirish yuzasidan takliflarini yuboribdi.

Biologiya fanlari nomzodi, mehnat faxriysi Mahmud Zakirovning yoshi 90dan oshgan bo‘lsa-da, yozuv muammolariga befarq bo‘lmay lotin grafikasi yuzasidan fikrlarini asoslashga harakat qilgan. Garchi ayrim takliflari bahsli bo‘lsa-da, diqqatga sazovorligi bois e’tiboringizga havola etishga qaror qildik.

Alfavitga oid o‘z fikrimni muhokamaga qo‘ymoqchiman
Men 2018 yilning 14 dekabrida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevga bir necha punktdan iborat xat jo‘natganman, jumladan, alifboni tuzatish to‘g‘risida. Shu xatdagi alfavitga oid qismini keltirsam. Unda shunday deyilgan:

«Hozirgi lotin grafikasiga asoslangan alfavitimiz xalq didiga yoqmaydi: so‘zu gaplarni tez va oson o‘qib bo‘lmaydi, chunki ortiqcha apostrof va «H» xarflari bor. Apostrofning maxsus o‘z vazifasi bor-ku, axir! Undan tashqari, «O» harfi ruscha so‘z bo‘lsa, boshqa, o‘zbekcha bo‘lsa, boshqa tovush bilan o‘qiladi. Bu xam jumlani tez va oson o‘qishga qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun joriy alfavitning boshqa kamchiliklarini ham ko‘zda tutib, mening qat’iy fikrim 1930-40 yillardagi yetakchi tilshunos olimlarimizning ko‘p tortishuvlari natijasida yaratilgan pishiq alfavitni qabul kilishimiz kerak. Keyin kech bo‘ladi (pastroqda o‘sha alfavit keltirilmoqda)».

Xat Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot universitetiga (TAU) yetib boribdi. Qisqasi, men borib o‘z variantimdagi alfavit harflarini birma-bir izohlab berdim. Suhbat shu ish bilan shug‘ullanadigan Saodatxon Muhamedova bilan olib borildi. Suhbat oxirida: «Agar muhokama bo‘lsa, sizni chaqiramiz», deyishdi. Lekin muhokama bo‘ldimi-yo‘qmi meni chaqirishmadi. 8 oy o‘tib avgustda borsam, 20 nafar odam qo‘l qo‘yib, o‘z variantimizni prezidentga jo‘natdik, deyishdi. Endi mening variantim bilan ularning variantini solishtirsak.

Ma’lumki, o‘zbek tilida unli va undosh tovushlar juft-juftdir (lotin yozuvida keltiraman).

Unlilar: a,ə; o,ѳ; u,ű; i,ƅ; ye (bu harf yolg‘iz)
Undoshlar: s,ç; d,t; g,ƣ; x,h; k,q; n ņ; s,ş; z,ᵶ.

Endi, Til va adabiyot universitetining taqdim kilgan varianti bo‘yicha yana masalan «Obidov» so‘zidagi birinchi «O» ni boshqa, ikkinchi «o» ni boshqa tovush bilan o‘qishimiz kerak ekan-da. Bu esa yana chalkashliklarga olib boradi.

Mening taklifim:
«s» ni «s» emas «ch» o‘rnida; «ç» ni «j» (jarang, Jamil) o‘rnida; «ƣ» ni «ġ» o‘rnida; «o» ni (nuqtasiz) «ý» o‘rnida qabul qilishimiz kerak. «Nn» dan keyin «ņ» ni qo‘yish kerak. «J j» esa «j» emas «y» bo‘lishi kerak. «Xx,y» (iks-igreklar) lar kerak emas, chunki «Xx» bilan «Hh» ni ajratish qiyin; «y» o‘rniga «Yy» ni yozsak «v» ga o‘xshab qoladi. Shuning uchun uning o‘rniga «Jj» qo‘ysak to‘g‘ri bo‘ladi. «Zz» dan keyin «ᵶ» ni qo‘yish kerak, chunki ular ham juftliklarga kiradi.

Harflarning nomini «ye» qo‘shib aytish mutlaqo noto‘g‘ri. Har qaysi harfni yakka harf nomi bilan atash kerak. «Na trube sideli a i b, «a» upala, «b» propal, chto ostalos na trube? «I» konechno»!

Alfavitning TAU variantida ņ, ᵶ xarflari yo‘q. Demak «boring, keling»ni yana «ng» qilib yozar ekanmiz-da. Jurnal, jirafani «Jj» bilan yozamizmi? Xullas, Til va adabiyot universiteti (TAU) taqdim etgan alfavit varianti yana ko‘ngildagiday bo‘lmabdi. Matnni o‘qiganda yana o‘sha chalkashliklar, adashishlar vujudga keladi.

Ana endi ikki variantni o‘zingiz solishtirib ko‘ring:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 90 yashar olim alifboni takomillashtirish yuzasidan taklif berdi