Mastchoh tumani / Foto: faraj.tj
Tojikiston ikki tomonlama shartnomalar asosida 300 gektar yerni O‘zbekistonga bermoqda. Hozirda ular So‘g‘d viloyati Mastchoh tumaniga tegishli. Bu haqda «Faraj» nashri o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«Faraj» manbasining ta’kidlashicha, ushbu yerlar hududida so‘nggi yillarda Tojikiston-Kanada qo‘shma korxonasi - «Aprelevka» tomonidan o‘zlashtirilgan oltin koni mavjud. Kon Navbahor jamoatining Obi-Shifo qishlog‘i yaqinida joylashgan.
Nashr manbasining xabar berishicha, «O‘zbekistonga topshiriladigan 300 gektar maydonda so‘nggi 10 kun ichida hududni po‘lat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti».
So‘g‘d viloyati Yer qo‘mitasi rahbari Jamshid Umarzodaning «Faraj» muxbiri bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilishicha, «hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda va faqat Tojikiston hukumati ushbu mavzu bo‘yicha izoh bera oladi». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi