Navoiy viloyatida firibgarlik bilan tadbirkorning 16 ming dollar pulini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan maktab direktori qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, maktab direktori Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir qo‘lga olingan.
Navbahor tumanidagi 12-sonli maktab direktori A.O. «N.P» xususiy korxonasi rahbari S.H.ni aldab, unga Navbahor tumani «Sarmishsoy» darasi hududidan tuman hokimligi orqali granit qazib olish uchun yer ajratish masalasini hal qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga direktor tadbikordan 16 ming dollar talab qilgan. Direktor talab qilingan pulning bir qismi sifatida 9 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi