18:04 / 05.12.2019
3 272

Toshkentdagi Islom svilizatsiyasi markazida yong‘in kelib chiqdi (video)

Toshkentdagi Islom svilizatsiyasi markazida yong‘in kelib chiqdi (video)
Ayni paytda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida qad rostlayotgan Islom svilizatsiyasi markazi yonayotgani haqida xabar tarqalmoqda.

Manbalarda qayd etilishicha, yong‘in bugun soat 16:30 da kelib chiqqan. Hodisa joyiga yong‘in xavfsizligi xodimlari zudlik bilan yetib borgan.
Bino yaqinidagi yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga o‘tgan yil iyunda ramziy tamal toshi qo‘yilgan edi.
Noyabr oyida qariyb ikki gektar maydonda uch qavatli ko‘rkam imorat qad ko‘targani, binoning simmetrik markazida bejirim sharqona gumbaz, to‘rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgani xabar qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi Islom svilizatsiyasi markazida yong‘in kelib chiqdi (video)