O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi va bosh qomusimizning 93-moddasi 23-bandiga ko‘ra ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 92 nafar mahbus afv etilgan.
Afv etilganlardan 20 nafari jazodan to‘liq ozod etiladi, 37 nafari — shartli ravishdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrog‘iga almashtiriladi, bir so‘z bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoshi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kishi muqaddam taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishgan.
Qarorni ijro etish doirasida vazirliklar va idoralarga afv etilgan shaxslarga oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytish, ijtimoiy moslashuv, foydali mehnatga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini tanlash va jamiyatda munosib o‘rin egallashda yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi