15:48 / 09.12.2019
4 919

O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining ish haqi oshirildi

O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining ish haqi oshirildi
Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksatsiyalandi, deb xabar berdi Norma.

Bu avgust oyida byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi oshirilganligi bilan bog‘liq. O‘sha paytdagi indeksatsiya 10 foizni tashkil etgan. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlarning maoshi ham shunday tartibda oshirilgan. Bu pulda quyidagicha ifodalanadi.

Skrinshot: Norma
1 avgustdan bosh muhandisning bazaviy lavozim maoshi 4 029 300 so‘mni, bosh konstruktor va texnologniki – 3 575 550 so‘mni tashkil etadi. Quyi lavozimlardagi mutaxassislarning maoshi mehnat stajiga qarab belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 12 iyuldagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 barobar, ya’ni 10 foizga oshgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining ish haqi oshirildi