O'zbekiston bo'ylab iliq ob-havo davom etadi

Sinoptiklar ma'lumotiga ko'ra, 21 mart kuni O'zbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg'ir yog'ishi mumkin. Mamlakat bo'ylab kunduzgi harorat 20-25 darajagacha ko'tarilishi prognoz qilinmoqda.
23 va 24 mart kunlari Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatidan tashqari respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi mumkin. Ba'zi joylarda momaqaldiroq ham kuzatilishi ehtimoli bor. Kunduzgi harorat 20-25 daraja atrofida saqlanib qoladi, ayrim hududlarda esa havo 28 darajagacha isishi mumkin.
Tungi harorat nisbatan iliq bo'lib, asosan 7-12 daraja oralig'ida saqlanishi kutilmoqda. Tog'oldi va tog'li hududlarda bu davrda sel va toshqin yuzaga kelishi xavfi borligi haqida sinoptiklar ogohlantirdi.
Toshkentda 21 mart kuni yog'ingarchilik kutilmaydi, harorat esa 21-23 darajagacha yetadi. 23 va 24 mart kunlari poytaxtda qisqa muddatli yomg'ir va momaqaldiroq bo'lishi mumkin, kunduzgi harorat esa 20-25 daraja atrofida saqlanib qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!