Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmoqda.
Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor tadbir davomida fuqaro G. B. shartli xaridorga jami 47,3 ming dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, yana bir holatda fuqaro M.E.ning Qarshi shahridagi yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu xonadonning yerto‘lasida 99 ming donadan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi