07:31 / 11.12.2019
3 406

Gaz o‘tmasa ham hisoblaydigan hisoblagichni mutaxassislar o‘rganishdi

Gaz o‘tmasa ham hisoblaydigan hisoblagichni mutaxassislar o‘rganishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda gaz hisoblagichning hech qanday tarmoqqa ulanmasdan, raqamlarni aylantirayotgani va ko‘rsatkichlarni o‘zgartirayotgani namoyish etilgan video paydo bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun videodagi SGU-G-6 tabiiy gaz hisoblagichi, "Schetpribor" YoAJ zavodida ishlab chiqarilgan.

"Hududgazta’minot" AJ mutaxassislari videoda aks etgan holat bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan fuqaro Ibraim Ablayev bilan bog‘lanishdi. Suhbat davomida, ushbu gaz hisoblagichlari Toshkent shahri, Chilonzor tumani, "Gavhar" ko‘chasidagi 7/1, 7/2, 7/3, 7/4, 7/5 va 5/1, 5/2, 5/3, 5/4, 5/5 raqamli uylarga 2018 yil avgust-sentyabr oylarida o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hammasi bo‘lib, yangi qurilgan binolarda 80 ga yaqin xonadonlar mavjud bo‘lib, gaz o‘lchash moslamalarini o‘rnatish bilan pudratchi - xususiy tadbirkor Mavlon Turonbekov shug‘ullangan ekan. Video muallifi "Hududgazta’minot" AJ matbuot xizmatiga gaz o‘lchash moslamasining boshqa fotosuratlarini taqdim etdi.

Holatga oydinlik kiritish hamda tabiiy gaz iste’molchilariga yordam ko‘rsatish maqsadida, "Hududgazta’minot" AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari A.Saidvaliyev boshchiligidagi ishchi guruhi tuzildi. 2019 yil 9 dekabr kuni aksiyadorlik jamiyati vakillari yuqoridagi manzilga yetib borib, "Gavhar" ko‘chasida yangi turar-joy binolarida istiqomat qilayotgan aholi vakillari bilan uchrashdilar.

Barcha tashkilot va idora vakillari tomonidan, iste’molchilarning shikoyatlari tinglanib, har tomonlama o‘rganib chiqildi. Xonadonlarga o‘rnatilgan hisoblagichlar tashqi tekshiruvdan o‘tkazilib, fuqaro Ibraim Ablayevning gaz hisoblagichi "O‘zstandart" agentligiga ekspert tekshiruviga yuborildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan boshqa xonadon egalari, gaz ta’minoti tashkilotiga shikoyatlari yo‘qligini ma’lum qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz o‘tmasa ham hisoblaydigan hisoblagichni mutaxassislar o‘rganishdi