14:24 / 12.12.2019
4 408

Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd izidan chiqib ketdi (foto, video)

Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd izidan chiqib ketdi (foto, video)
Foto: “Vodiy bozor” kanali
2019-yil 12-dekabr kuni soat 07:30larda Andijonga Qozogʻiston Respublikasidan 13ta yarim ochiq vagonlarda “OOOTA Minirals” MCHJ nomiga koʻmir mahsulotlari keltirilgan.

IIV axborot xizmati xabariga koʻra, Paytugʻ temir yoʻl bekatining 7-yoʻliga qoʻyilgan va koʻmir mahsulotlari tushirib boʻlingandan keyin vagonlar gʻildiraklarining tagiga temir yoʻl bashmaklari mahkamlanmaganligi sababli, ushbu yarim ochiq boʻsh vagonlar past tomonga harakatlanib ketgan.

Natijada, 63080675-sonli yarim ochiq boʻsh vagon temir yoʻlning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan va 60745015-sonli yarim ochiq boʻsh vagonning oldi gʻildiraklari temir yoʻl izidan chiqib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi maʼlumotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon-Qoʻqon yoʻnalishida harakatlanayotgan poyezd izidan chiqib ketdi (foto, video)