17:57 / 12.12.2019
3 426

O‘zbekistonda har bir hududda graffiti usulida bezatilgan ko‘chalar tashkil etiladi

O‘zbekistonda har bir hududda graffiti usulida bezatilgan ko‘chalar tashkil etiladi
Foto: urbanpresents.net | Berlin devori
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar turizmini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, Turizm maskanlariga olib boruvchi yo‘llarni milliy tusdagi graffiti usulida bezashga qaratilgan “Creative wall – Street art” loyihasini amalga oshirish, loyiha doirasida har bir hududda kamida bittadan graffiti usulida bezatilgan ko‘chalarni tashkil etish mo‘ljallangan.

Loyihani amalga oshirish 2020 yil avgustiga rejalashtirilgan. Uni ishlab chiqish va amalga oshirish Yoshlar ittifoqi (A.Sa’dullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, nazorat qilish Vazirlar Mahkamasiga (A.Abduhakimov) yuklatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda har bir hududda graffiti usulida bezatilgan ko‘chalar tashkil etiladi