19:08 / 12.12.2019
2 546

Jo‘natmalar orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi

Jo‘natmalar orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Navoiy viloyati va Toshkent shahri bojxona boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda kurerlik jo‘natmalari tarzida yirik miqdordagi tovar-moddiyboyliklarning noqonuniy olib kirilganligi fosh qilindi.

“Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida poytaxtimizda faoliyat yurituvchi kurerlik firmalaridan birining nomiga xorijiy davlatdan yuborilgan 2,8 tonnadan ortiq og‘irlikdagi kurerlik jo‘natmalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rik natijasida hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan jo‘natmalardagi tovarlar o‘rtasida tafovutlar borligi aniqlandi. Ya’ni, mazkur jo‘natmalarga tegishli 138 ta bojxona deklaratsiyalarida umumiy qiymati 650 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ko‘rsatilmagani aniqlandi.

Sodda qilib aytganda, tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlarini suiste’mol qilgan holda go‘yoki shaxsiy foydalanish uchun niqobi ostida olib kirilgan mazkur tovarlar aslida tijorat maqsadi uchun ko‘zlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jo‘natmalar orqali keltirilgan 650 mln so‘mlik tovarlar deklaratsiyada ko‘rsatilmagani fosh bo‘ldi