12:16 / 13.12.2019
2 912

Prezident qarori loyihasi: O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi

Prezident qarori loyihasi: O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi
O‘rta biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari qabul qilinadi. Prezidentning bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Belgilab qo‘yilishicha:

2020 yilning 1 aprelidan o‘rta tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari toifasiga mulk shaklidan qat’i nazar, kichik korxonalar uchun yiliga belgilanganidan ortiq, lekin ishlab chiqarish sohasida 100 dan 150 nafargacha, qurilishda 70 dan 100 nafargacha, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida, ulgurji savdoda 30 dan 40 nafargacha, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 20 dan 30 nafargacha ish bilan band xodimga ega bo‘lgan o‘rta korxonalar kiradi;

o‘rta korxonalar odatda xom ashyo va materiallarni dastlabki qayta ishlash, kichik hajmli, lekin ko‘p mehnat talab qiladigan butlovchi mahsulotlar, jihoz va asbob-uskunalar, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqarish sohalarida, shuningdek, servis xizmati va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida barpo etiladi;

kichik biznes sub’ektlari uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar o‘rta tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tatbiq etiladi;

yillik aylanma mablag‘i 1 mlrd. so‘mdan 3 mlrd. so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rta biznes toifasiga kiritiladi va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Tadbirkorlik sub’ektlari xodimlarining o‘rtacha yillik sonini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadilar va belgilangan tartibda tasdiqlaydilar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi va Savdo sanoat palatasi quyidagilarni ta’minlaydi:

o‘rta tadbirkorlik (biznes) korxonalarini rivojlantirish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘yish, sarmoya jalb etish jarayonining barcha bosqichlarida sarmoya loyihalarining, shu jumladan, jalb etilayotgan xorijiy kreditlar loyihalarining samaradorligi monitoringini o‘tkazish;

korxonaning mulk shakli va soha bo‘yicha kimga bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha tovar ishlab chiqaruvchilarga dastlabki hisob-kitob va hisobot, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, sarmoya jalb etish, mahsulotni eksport qilish, kadrlarga professional ta’lim berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarda ko‘maklashish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil 1 apreldan boshlab o‘rta tadbirkorlik (biznes) sub’ektlaridan choraklik hisobotlar olinishini Davlat statistika dasturiga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori loyihasi: O‘zbekistonda «o‘rta biznes» toifasi joriy etiladi