14:20 / 16.12.2019
2 310

Soxta IIB xodimi haqiqiy ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Soxta IIB xodimi haqiqiy ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi ochiq sud majlisida JKning 166-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayblangan Azimjon Aliyevning (ism-sharifi o‘zgartirilgan) jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar sudining sudyasi Nodirbek Rayimqulov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Sudlanuvchi 1990 yili Namangan tumanida tug‘ilgan, muqaddam 2015 yil yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etganligi sababli 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Amnistiyaga asosan jazoning o‘talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlariga almashtirilib, qamoqdan ozod etilgan va tayinlangan jazodan 2016 yil 30 dekabr kuni amnistiya aktiga asosan ozod qilingan.

Ammo u bunday yengillikdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmay yana jinoyatga qo‘l urdi. 2017 yil 22 may kuni soat 10:30 atrofida Namangan shahar, «Furqat» MFY hududida joylashgan kanalga borib, u yerda uch nafar voyaga yetmagan bola cho‘milayotganligini ko‘rgan. Bolalar bu yerdan ketmoqchi bo‘lganida ularni to‘xtatib, nima qilib yurganligini so‘raganida ular bu yerga cho‘milish uchun kelganligi, maktabda 8-sinf o‘quvchisi ekanliklarini aytishgan.

Shunda u o‘zini ularga IIB xodimi sifatida tanishtirib, dars vaqtida tentirab yurganlari uchun ularni ichki ishlar idorasiga olib borishi va ota-onasini chaqirib, jarima solishini aytadi. Qo‘rqitib, telefon yoki pullari bo‘lsa berishini talab qiladi. Shunda M.A. ismli bola Artel rusumli telefoni borligini aytib, unga qurilmasini tutqazadi.

Shundan so‘ng Azimjon Aliyev ularni qo‘yib yuboradi. Bolalar yo‘llarida uchragan IIB xodimlariga bo‘lgan voqeani aytib, arz qiladi. Ular bolalar bilan birga kanal atrofiga kelib, Aliyevni qo‘lga oladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat qo‘llaniladi. Biroq Azimjon avval ham qamalib chiqqani uchun qo‘rqqanidan Toshkentga qochib ketadi.

2017 yil 18 iyulda sud tomonidan qidiruv e’lon qilinib, unga nisbatan qo‘llanilgan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat qamoq ehtiyot chorasiga almashtiriladi.

Joriy yil oktabr oyida uning Toshkentda ekanligi aniqlanib, olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar tushuntirildi. Shundan so‘ng Azimjon Aliyev Namanganga qaytib kelib, IIB xodimlariga taslim bo‘ldi.

Sud ushbu jinoyat ishini qo‘rib chiqib, A.Aliyevga qonun sanksiyasida nazarda tutilgan jazodan ham yengil jazo tayinladi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soxta IIB xodimi haqiqiy ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi