Italiyada «Neuromed» nevrologiya instituti olimlari muntazam qalampir iste’mol qilish yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklar tufayli hayotdan ko‘z yumish xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Bu haqda «EurekAlert» press-relizida ma’lum qilingan.
Tajribada qariyb 23 ming kishi ishtirok etgan bo‘lib, ularning salomatligi sakkiz yil davomida nazorat qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga kamida to‘rt marta qizil qalampir iste’mol qilgan odamlar ushbu mahsulotni kam yeydigan yoki umuman yemaydigan odamlarga qaraganda yurak xurujidan 40 foiz, bosh miya kasalliklaridan 50 foiz kamroq vafot etishgan.
— Qizig‘i shundaki, o‘lim xavfi pasayishi bilan taomnoma o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Boshqacha aytganda, chili qalampiri odamlarga himoyaviy ta’sir ko‘rsatgan, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri, epidemiolog Mariya Laura Bonachio.
Olimlarning ta’kidlashicha, qalampirning organizmga ta’sir qilish mexanizmini aniqlash uchun yana tadqiqotlar o‘tkazilishi darkor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi