Toshkent, Samarqand hamda Jizzax viloyatlarida jahon standartlariga to‘la javob beruvchi golf klublari ochiladi. Bu haqda Amirsoy tog‘-chang‘i kurort majmuasi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot konferensiyasida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
“Biz turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz. Dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni jalb qilish uchun golf klublarini tashkil qilish juda muhimdir. Hozirda biz golf klublarini tashkil etish bo‘yicha uchta loyihani amalga oshirmoqdamiz”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Uning qayd qilishicha, qo‘shni Qozog‘istonda to‘rtta shunday golf majmualari mavjud. Hozirda mavjud bo‘lgan ko‘l bo‘yidagi Toshkent golf klubi bunday talabga javob bermaydi.
“Menimcha, yangi golf majmualari xorijdan keladigan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Shu bilan bir qatorda ham davlat uchun ham aholi uchun pul topish imkoniyatini yaratadi. Ertaga O‘zbekistonga soliq to‘laydigan yangi sayyohlik kompaniyalari uchun katta ishbilarmonlik imkoniyatlarini yaratadi”, - deya so‘zini yakunladi Abduhakimov.
Avgustda hukumat qaroriga asoslanib Adliya vazirligi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 200 gektar yerda golf majmuasi qurilishi haqida xabar qilgan edi. Loyiha amalga oshirish uchun “Mirasmanda Golf Resort” MCHJ tashkil qilindi. Majmuada ham professional ham havaskorlar o‘rtasida golf musobaqalari tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi