13:30 / 19.12.2019
3 290

Prokuratura Yunusoboddagi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi

Prokuratura Yunusoboddagi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi
Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov telegramdagi kanalida xabar bergan.

«Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258 (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

18 dekabr kuni taxminan soat 10:00da Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yer o‘pirilishi ro‘y berib, ishchilarni tuproq bosib qoldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 nafarga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura Yunusoboddagi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochdi