14:45 / 20.12.2019
4 319

Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kunimiz «qovunchilar»ga qolmasligi uchun ham saylovga boraylik

Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kunimiz «qovunchilar»ga qolmasligi uchun ham saylovga boraylik
Foto: O‘zA
Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev 22 dekabrdagi saylovlarga borish yoki bormaslik haqida bir qarorga kela olmayotgan fuqarolarga murojaat yo‘lladi. Mazkur murojaatida u shunday deydi:

Saylovga borishim kerakmi?’ deb ikkilanayotganlar uchun yana bir bora tavsiya qilmoqchimanki, kunimiz ‘qovunchilarga’ qolmasligi uchun ham saylovga borib, nisbatan yaxshiroq nomzodlarga ovoz berib keling.

O‘tgan saylovlarda kelmagan fuqarolar o‘rniga saylov uchastkadagilarning o‘zi o‘zlari istagan nomzodga ovoz berib, pachkalab bo‘sh byulletenlarni to‘ldirib tashlashar edi. Bu yil qanaqa bo‘ladi, Xudo biladi, lekin hech bo‘lmasa o‘rnimizga boshqalar ovoz bera olmasligi uchun ham saylovga boraylik.

Agar kimlardir, masalan hokimto‘ralarning odamlari, qing‘ir yo‘llar bilan saylanishni umid qilib yurgan bo‘lsa, o‘sha noinsoflarning ishini og‘irlashtirish uchun ham saylovlarga borib, nisbatan yaxshiroq nomzodga ovoz berib yoki juda istasangiz hech kimga ovoz bermasdan kelaylik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xushnudbek Xudoyberdiyev: Kunimiz «qovunchilar»ga qolmasligi uchun ham saylovga boraylik