Rossiyada hududlararo mobil raqamni saqlab qolish imkoniyati yaratildi

1 daqiqa o'qish171
Rossiyada hududlararo mobil raqamni saqlab qolish imkoniyati yaratildi

Rossiya hukumati fuqarolarga boshqa hududga ko‘chib o‘tganda o‘z mobil telefon raqamini saqlab qolish huquqini beruvchi qarorni tasdiqladi. Ushbu yangilik 1-sentabrdan kuchga kiradi va abonentlarga yashash joyini o‘zgartirganda raqamni yo‘qotmaslik imkonini beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Raqamni saqlab qolish uchun aloqa operatoriga tegishli ariza bilan murojaat qilish kifoya. Arizani shaxsan yoki masofaviy tarzda — operatorning rasmiy sayti, ko‘chirilgan raqamlar bazasi operatori portali yoki Rossiyaning «Gosuslugi» davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin.

Hozirgi vaqtda boshqa shaharga ko‘chganda raqam saqlanib qolsa-da, abonent yeski tarif rejasidan foydalanishda davom yetadi. Bu esa yangi hududdagi abonentlarga qo‘ng‘iroq qilish xarajatlarini sezilarli darajada oshirib yuborishi mumkin edi.

Yangi qoidaga ko‘ra, yendilikda operatorni o‘zgartirganda ham raqamni saqlab qolish imkoniyati taqdim yetiladi. Ushbu o‘zgarish 2035-yilgacha aloqa tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Hukumat vakillarining ta’kidlashicha, ushbu qadam aloqa xizmatlarini yanada qulay va moslashuvchan qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu sohadagi raqobatni kuchaytirish va abonentlar uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?