date

Qidiruvdagi “Malibu 2” drift vaqtida qo‘lga tushdi

Qidiruvdagi “Malibu 2” drift vaqtida qo‘lga tushdi

MIB Jizzax viloyati boshqarmasi ish yurituvida tijorat banki foydasiga 160 million so‘m kredit qarzini undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Garov sifatida qo‘yilgan “Malibu 2” rusumli avtomobil esa qidiruvga berilgan edi. Ma’lum qilinishicha, avtomashina egasi uni xatlovdan yashirib kelgan.

Qidiruv tadbirlari davomida ushbu avtomobil Arnasoy tumani markazida aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi tunda mashinada drift qilib, uni tanishlariga namoyish etayotgan vaqtda ushlangan.

Viloyat YHXB xodimlari hamda Byuro qidiruv sho‘basi xodimlari hamkorligida avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Endilikda mazkur transport vositasi auksion orqali sotilishi rejalashtirilmoqda. Tushgan mablag‘lar esa kredit qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, haydovchi avvaldan transport boshqarish huquqidan mahrum qilingani ham ma’lum bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi “Malibu 2” drift vaqtida qo‘lga tushdi