Navoiyda 13 nafar bolani tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi (video)

1 daqiqa o'qish5.4K
Navoiyda 13 nafar bolani tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi (video)
Navoiyda 13 nafar bolani tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi (video)
Foto: Videodan kadr

Navoiy viloyatining Nurota tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, u fojiaviy oqibatlarga olib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oilaviy bog‘cha rahbari bo‘lgan ayol 13 nafar bolani Matiz rusumli avtomashinada bog‘chaga olib ketayotgan vaqtda avtohalokatga uchragan.

Hodisa oqibatida transport vositasini boshqarib kelgan ayol voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada bo‘lgan bolalardan biri og‘ir ahvolda — koma holatiga tushgan, yana 8 nafari esa turli darajadagi jarohatlar bilan viloyat markazidagi shifoxonaga yetkazilgan. Qolgan bolalarning holati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu ayol hamda uning turmush o‘rtog‘i uzoq yillar davomida haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarib kelgan. Bu holat esa voqea yuzasidan jiddiy savollarni keltirib chiqarmoqda.

Mutasaddi organlar tomonidan hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmagani va xavfsizlik choralarining yetarli darajada ta’minlanmagani fojianing asosiy omillaridan biri bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?