20:25 / 23.12.2019
2 687

SNN: Nima uchun O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb hisoblanadi

SNN: Nima uchun O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb hisoblanadi
Foto: Andrii Lutsyk/Shutterstock
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni SNN nashri «Nima uchun O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb hisoblanadi» sarlavhali maqola e’lon qildi. Mualliflar - jurnalistlar Nilli Koxzad va Jey Kroft.

Mamlakatning AQSHdagi diplomatik missiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston to‘g‘risidagi material mahalliy turizm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekistonga kirish vizalari tartibi jiddiy ravishda soddalashtirilganiga e’tibor qaratilgan. Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, «O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni sayohatchilar uchun jozibador joyga aylantirish yo‘lida ulkan islohotlarni amalga oshirdi. 90ta mamlakatdan tashrif buyuruvchilar uchun 30 kunlik vizasiz rejim, 77ta davlat, shu jumladan, AQSH fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tizimining joriy etilishi mamlakatga sayyohlar oqimi o‘sishini sezilarli darajada oshirdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga chet eldan tashrif buyuruvchilar soni 2014 yildagi 1,9 milliondan 2018 yilgi 5,4 million kishiga yetdi.

SNN mutaxassislarining fikricha, sayohatga oid qo‘llanmalarning eng yirik manbasi Lonely Planet sayyohlik sohasida O‘zbekistonning bu ijobiy «siljishlarini» payqadi va O‘zbekistonni 2020 yilda Markaziy Osiyo davlatlari orasida tashrif buyurish uchun eng ko‘zga ko‘ringan joy, deb atadi.

Bundan tashqari, maqola mualliflarining xabar berishicha, The Economist siyosiy va iqtisodiy sohalardagi sezilarli yaxshilanishlar tufayli O‘zbekistonni «yil mamlakati», deb tan oldi. Ushbu o‘zgarishlar, SNN jurnalistlarining fikriga ko‘ra, chet elliklarning mamlakatga tashrifi uchun O‘zbekistonni yanada jozibador qildi.

N. Koxzod va J.Kroftning ta’kidlashicha, «O‘zbekistonning eng jozibador jihati - bu minglab yillar davomida saqlanib qolgan qadimiy tarixi, shuningdek, milliy taomlari». Ularning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlar O‘zbekiston va uning asosiy diqqatga sazovor joylariga «yangicha rang» bermoqda. G‘arb mamlakatlaridan kelgan sayohatchilar o‘zlarining taassurotlarini internetda #VisitUzbekistan, #VisitTashkent, #VisitSamarkand va #TravelCentralAsia heshteglaridan foydalangan holda faol ravishda baham ko‘rishni boshladi va ular ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi. «Turistik bozorlarni, sarguzasht va madaniy sayohatlardan tortib g‘ayrioddiy joylargacha yorituvchi sayyoh blogerlar Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarga tashrif buyurishdi», - deyiladi maqolada.

Mamlakatning AQSHdagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, materialda guruchdan tayyorlangan ko‘plab taomlari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston milliy oshxonasi haqida ham xabar qilingan. Maqola mualliflari O‘zbekistonga safari chog‘ida asosiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan dunyoga mashhur blogeri Mark Veynse haqida aytib o‘tishdi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat «go‘sht, tarix va mehmondo‘stlik» bilan mashhur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SNN: Nima uchun O‘zbekiston 2020 yilda eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb hisoblanadi