13:30 / 11.01.2020
3 398

Chilangarning firibi uzoqqa bormadi

Chilangarning firibi uzoqqa bormadi
MIB Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaro J.No‘monovning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyati “Viloyat texnik ko‘rik” MCHJda chilangar bo‘lib ishlovchi fuqaro F.Tolipov, tanishi Andijon tumani Qorabo‘yi ko‘chasida yashovchi I.Soliyevning yashash xonadonida iste’mol qilingan elektr energiyasidan kelib chiqqan 2.263.000 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni 1.500.000 so‘m evaziga yo‘q qilib berishni va’da qilib, ushbu pullarni talab qilib, uni aldab ishonchiga kirgan.

09.11.2018 yil kuni soat 11:00 larda J.O.No‘monovdan yelishilgan 1.500.000 so‘m pullarni Andijon shaxar, S.Alenda ko‘chasidagi chorrahada olgan vaqtida, kimyoviy ishlov berilgan ashyoviy dalillar bilan xolislar ishtirokida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi hodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Viloyat texnik ko‘rik” MCHJda chilangar bo‘lib ishlovchi fuqaro F.Tolipovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilangarning firibi uzoqqa bormadi