18:13 / 20.01.2020
3 378

Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘ylar masalasiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi

Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘ylar masalasiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentda Oliy Majlis Senatining yangi tarkibdagi ilk yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Kun.uz nashri.
Majlisda so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘y va oilaviy tadbirlarni o‘tkazishga doir qabul qilingan qaror ijrosiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi.

«To‘y va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda. Senatorlarimiz, ko‘pni ko‘rgan oqsoqollarimiz, nuroniylarimiz shu yerda o‘tirishibdi – o‘ylaymanki, sizlar to‘y va marosimlarning o‘tkazilishiga befarq bo‘lmay, buni davom ettirishimiz kerak. Buning hammasi xalqimizning manfaati uchun xizmat qiladi», – dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan boshlab parlament palatalari kengashlarining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qo‘shma qarori kuchga kirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev senatorlardan to‘ylar masalasiga alohida e’tibor qaratishni so‘radi