Prezident yana korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi

  • 21 yanvar 2020, 15:11
  • 693
  • Jamiyat
  • Prezident yana korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi
    Bugun, 21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
    Unda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ijtimoiy sohaga budjet tomonidan berilayotgan mablag‘larning talon-toroj qilinayotganiga e’tibor qaratdi va yana bir bor korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi.

    «Ijtimoiy sohaga budjet toonidan berilayotgan mablag‘lar talon-toroj qilinmoqda. Biz yaqinda Iqtisodiyot universitetidagi eng katta korrupsionerni ishdan bo‘shatdik. Uning o‘rniga o‘zim bilgan kishini qo‘ydim.

    U yerda o‘qituvchilarning 60 foizi attestatsiyadan o‘ta olmadi. 60 foiz. Tasavvur qilinglar, kimlar bolalarimizga dars bergan.
    Ikkinchi tomoni, 60 attestatsiyadan o‘tmagan o‘qituvchilarning o‘rniga tayyor kadr bormi-yo‘qmi? Ming afsuski, yo‘q.

    Takror aytaman, hurmatli senator va deputatlar, rahbarlar, korrupsiyani yo‘q qilib, hammamiz qotgan non yesak ham o‘zimiz o‘rnak bo‘lolsak, keskin o‘zgarish bo‘ladi.

    Biz o‘zimiz qo‘sh-qo‘sh qilib yaxshi mashinalar minsak, 4 qavatli uylar qilib yursak hech qachon maqsadlarimizga yetolmaymiz.
    Biz rahbarlar namuna bo‘lolsak hammasi yaxshi bo‘ladi
    », deya Shavkat Mirziyoyev.

    » » Prezident yana korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi