O‘yin ixlosmandlariga diqqat! PlayStation Yevropada qimmatlashmoqda

Sony kompaniyasi Yevropada PlayStation o‘yin konsollarining narxini oshirishga qaror qildi — qurilmalar 14–18 foizga qimmatroq bo‘ladi.
Bu haqda Wccftech nashri Gyo taxallusli ichki manbaga tayanib xabar berdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Sony Yevropadagi savdo nuqtalarini narxlarni qayta ko‘rib chiqish haqida oldindan ogohlantirgan. Natijada, PlayStation konsollari endilikda taxminan 30–100 yevroga, ya’ni 14–18 foizga yuqoriroq narxda sotiladi.
Ekspertlar ta’kidlashicha, narx oshishi global iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursidagi o‘zgarishlar va ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Sony foydalanuvchilarni ushbu o‘zgarishlarga tayyorlash uchun oldindan xabardor qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing