Tarixda ilk bor: dollar kupyuralariga Tramp imzosi tushiriladi

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan chiqariladigan yangi dollar kupyuralariga prezident Donald Trampning imzosi tushiriladi. Shu tariqa, tarixda ilk bor amaldagi prezidentning imzosi Amerika banknotlarida aks etadi.
Hozirgacha barcha kupyuralarda an’anaviy ravishda faqat moliya vazirining imzosi bo‘lgan. Yangi qaror bilan esa g‘aznachi imzosi olib tashlanadi va bu o‘zgarish 165 yil ichida birinchi marta yuz beradi.
Reuters xabariga ko‘ra, yangi imzo tushirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar joriy yilning iyun oyida bosib chiqarilishi rejalashtirilgan. Keyinchalik ushbu o‘zgarish boshqa banknotalarga ham tatbiq etiladi.
Ushbu yangilik AQSh valyutasi tarixida muhim o‘zgarish sifatida baholanmoqda va kollektorlar hamda moliya sohasidagi mutaxassislar e’tiborini qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!