14 yanvar kuni taxminan soat 12.30 da Mirzo-Ulug‘bek tumanida ikki nafar erkak tibbiy niqob taqib 35 yoshli Yu.X. va uning 27 yoshli singlisi M.M. yashaydigan xonadonga kirishgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Hujum vaqtida uyda faqatgina M.M. bo‘lgan. G‘arazgo‘ylar uni qo‘rqitib, bor pullar va qimmatbaho buyumlarni berishini talab qilganlar. Natijada ular jami Yu.X.ga tegishli bo‘lgan 6.700 AQSH dollari, narxi 200 AQSH dollari bo‘lgan telefon va 800 AQSH dollarilik tilla taqinchoqlarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvchilarning shaxslari aniqlanib, ular Qashqadaryo viloyati Koson tumanida qo‘lga olindi. Ulardan biri – jabrlanuvchining opasining do‘sti 32 yoshli Ramish E. va ikkinchisi – muqaddam sudlangan 40 yoshli Sanjar I. bo‘lgan. Ular Qashqadaryo viloyati Koson tumanida istiqomat qilishgan, jinoyat sodir etgandan so‘ng ham o‘sha yerda yashirinmoqchi bo‘lishgan. Tintuv davomida ular bosqinchilik bilan olib qo‘ygan buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mirzo-Ulug‘bek tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi qo‘lga olinganlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi