Ma’lumki, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, majburiy ijro harakatlarini olib borish, kommunal sohada to‘lov intizomini mustahkamlash vazifasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi zimmasiga yuklatilgan.
Ammo, mazkur faoliyatda ayrim fuqarolarimiz huquqiy madaniyatsizlik oqibatida nojuya hatti-harakatlarni amalga oshirib, pirovardida o‘zlari va oila a’zolari jabr ko‘rishmoqda.
Jumladan, Yangiobod tumanida bo‘lgan Baxodir Xo‘jamurotovning ham Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat ijrochilariga tan jaroxati yetkazishi oqibatida bugun ozodligi cheklangan.
MIB Yangiobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining YATT “Xo‘jamurotov G‘iyosjon Abduvali o‘g‘lining” kredit ta’minoti sifatida garovda turgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida yashovchi S.Murodovning xonadonida turganligini aniqlab, ushbu avtomashinani tuman bo‘limiga olib kelish uchun S.Murodov va uning onasi G.Murodovalar bilan birga kelayotganlarida, B.Xo‘jamurotov Yangiobod tuman hududidagi yo‘lda avtomashinani to‘xtatib avtomashinani xatlashga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat ijrochisiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga boshi bilan urib, engashib qolganida orqa qismiga pichoq bilan tan jarohati yetkazadi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudining hukmiga ko‘ra, Baxodir Xo‘jamurotov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 219-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi