4 659
Qo‘qondagi choyxonada sodir bo‘lgan otishmadan keyin 30 kishiga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko‘rildi
Qo‘qonda choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig‘i bilan jarohatlagani haqida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
6 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50 larda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A. hamda 31 yoshli J.Sh. tanasining turli sohalarida sochma o‘qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Shu kuni soat 00:10 larda M.B., K.A., va J.Sh. Qo‘qon shahrida joylashgan «Shedevr» choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashib qolgan. A.U.ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan «IJ-18» rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazib hodisa joyidan yashiringan.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd» va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan «Tong» tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB
Foto: Farg‘ona viloyati IIB “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi