Foto: Xalqaro press klub
O‘zbekistonda propiska so‘zi boshqa so‘z birikmasi bilan almashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.
«Propiska — eskidan qolib ketgan tizim. 2011 yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga o‘tgan. Endilikda propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga ‘qayd etish’ so‘z birikmasi ishlatiladi», — degan Azizbek Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida hukumat 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagan edi.
«Asosiy ishchi kuchi yashaydigan va ish o‘rinlari yaratilayotgan hududlarimiz o‘rtasida tafovut mavjud. Buning yechimi — ichki migratsiyani erkinlashtirishdir. Shu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib, aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim», — degan edi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi