Foto: O‘zA
Joriy yilning 5 fevralidan 6 fevralga o‘tar kechasi Qo‘qon shahridagi «Shedevr» choyxonasida bir necha yoshlar o‘rtasida ommaviy to‘polon ro‘y bergan edi. Unda qatnashchilardan biri miltig‘i bilan janjal ishtirokchilarga qarata ikki marotaba o‘q uzishi sabab uch nafar yigit tan jarohati olgan.
Ular sochma o‘qdan yetkazilgan tan jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu voqealar xususida so‘z yuritildi.
– Qo‘qonda sodir etilgan jinoiy holat arzimagan kelishmovchilikdan kelib chiqqan bo‘lib ikki tomon o‘rtasidagi katta janjalga aylangan, – deydi viloyat IIB boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev. – Biz dastlab jabrlanuvchi bilan shifoxonada gaplashganimizda uydagi janjal sabab oynani sindirish oqibatida qo‘lini kesib olganligini bildirdi. Choyxonadagi kameralar esa barcha holatga oydinlik kiritdi. Yigitlar qo‘llariga rezina tayoq, pichoq va boshqa jismlar olib, janjallashib, bezorilik qilishgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 277-moddasi (bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanildi. Hozirda ularning ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi