Foto: Xalqaro press-klub
Ortiqovaning so‘zlariga ko‘ra, halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak.
«Shaxsan ayta olaman, prokurorlarning 90 foizining muomalasi yaxshi. Ishingiz tushib borganingizdan, ketguningizgacha qo‘li ko‘ksida xizmatingizda turadi. To‘g‘ri, 10 foiz prokurorlar borki, butun soha imijiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak. Chunki korrupsiya holati qachon vujudga keladi, qachonki davlat budjeti bilan munosabatga kirishish jarayonida aniqlanadi», - dedi u.
Bosh prokuror o‘rinbosarining aytishicha, eski tartibga ko‘ra prokurorlar fuqarolardan shikoyat arizasi bo‘lmasa xam jinoyat ishini o‘rganishda ishtirok etadi.
«Biroq, davlat rahbari murojaatda prokurorlar va advokatlar endi faqat fuqarodan shikoyat arizasi bo‘lsagina jarayonga aralashishi mumkin bo‘lishi haqidagi qonuniy hujjatni ishlab chiqish masalasini taklif qildilar.
Murojaatnomada prokuraturaga muhim vazifalar qo‘yildi. Bular: sohani isloh etish, soha xodimlari dunyoqarashini o‘zgartirish va albatta, korrupsiya balosining yo‘qotishdir.
Sud-huquq sohasida faoliyat yuritayotgan insonlar vijdonan va halol ishlamasa, tizimning o‘zi bunday insonlarni sohadan chiqarib tashlaydi. Huquq sohasida ishlaydigan xodimlarni uyg‘onishga va qonunlarni yaxshi o‘rganishga chaqirib qolamiz», - dedi Svetlana Ortiqova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi