13:13 / 22.02.2020
2 152

Toshkent aeroporti rivojlanishdan to‘xtab qolishining 3 "muhim sababi"...

Toshkent aeroporti rivojlanishdan to‘xtab qolishining 3 "muhim sababi"...
Aviatsiya soxasidagi isloxotlar xaqida bir nechta fikrlarimni aytmoqchiman.
Toshkentda o‘tkazilgan aviatsion forumda qatnashgan Ukraina aviatsiya xizmatining sobiq rahbari Denis Antonyuk Toshkent va Kiyev aeroportlari tomonidan tashilgan yo‘lovchilar haqida qiziqarli ma’lumotni taqdim etdi.

Ushbu infografikada Toshkent va Kiyev aeroportlari trafiki ko‘rsatilgan. Barqaror rivojlanib kelayotgan Kiyev aeroporti ko‘rsatkichlari moviy rangda, rivojlanishdan to‘xtab qolganToshkent aeroporti esa och ranglarda. Yana shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki 2000 yilda 2 ta poytaxt aeroportlarining ko‘rsatkichlari bir xil edi, bugungi kunda esa Kiyevning Borispol xalqaro aeroporti ish hajmi 5 marta ko‘p.

Bizning aviatsiya tizimimiz asosiy 3 ta sabab tufayli rivojlanmayapti:

1. O‘zbekistonda joylashgan aeroportlarning xizmat ko‘rsatish tariflarining yuqoriligi.
2018 yilga tegishli ma’lumotlar asosida tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar bilan tanishib ko‘ring. Mening fikrimcha aeroportlar tomonidan xizmat ko‘rsatish narxlarini 20% ga pasaytirish masalani yechishga yordam bermasa kerak.

Yuqoridagi ma’lumotlarga qarasak aeroportlarimizning xizmat haqlari qo‘shnilarimizga qaraganda bir necha barobar qimmat. Raqobatbardosh bo‘lish uchun aeroportlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarini 20% ga emas 200-300% ga pasaytirish kerak. Eng asosiysi Qarshi, Nukus va Toshkent shahridagi aeroportlar orasidagi farq har-xil bo‘lsa ham xizmat ko‘rsatish narxlari hammasi uchun 1 xil belgilangan.

Masalaning yechimi sifatida viloyat markazlarida joylashgan aeroport rahbarlariga xizmat ko‘rsatish narxlarini belgilashni bozor talablaridan kelib chiqib o‘zlariga topshirish kerak.

2. Aviayoqilg‘ining yuqori narxlari.
Dunyoda aviakerosin narxlari neft narxlaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu yo‘nalishda xalqaro IATA aviatsiya tashkiloti dunyo bozorlaridagi neft narxini doimiy ravishda kuzatib boradi. Ushbu havola orqali narxlarni bilib olish mumkin.

Narxni belgilash ham juda oson: dunyo bozorlaridagi o‘rtacha narx va qo‘shimcha mukofot. Eng oxirgi ma’lumotlarga qarasak Turmanistonda ishlab chiqarilgan aviakerosinning O‘zbekiston chegarasidagi narxi 600-630 AKSH dollari atrofida. Ushbu narxga mahalliy aeroportgacha tashish xarajatlari 35-45 AKSH dollari qo‘shiladi.

Masalaning yechimi sifatida mahalliy aeroportlarga yoqilg‘ini o‘zlari bozor mexanizmlari asosida sotib olish huquqini berish kerak.

3. Yoqilg‘i uchun QQS.
Dunyoda xalqaro aviatashuvlar uchun yoqilg‘i sotib olayotganda QQS qo‘llaydigan sanoqli mamlakatlar orasida afsuski, O‘zbekiston ham bor. Biz 20 dan ortiq Yevropa va MDH davlatlari amaliyotini o‘rganganimizda ularda QQS stavkasi 0% ekanligini ko‘rdik. QQS qo‘llanilishi narxlarni 15% ortishiga olib keladi. Taqqoslash uchun mamlakatlar misolida ma’lumotlar keltirilgan.

Masalaning yechimi: Dunyo amaliyotiga muvofiq xalqaro reyslar uchun sotib olinayotgan yoqilg‘iga QQS ni bekor qilish kerak. Chunki ushbu yoqilg‘i mamlakatdan chiqib ketayotgan samolyotda ishlatiladi.

Mamlakatdan chiqib ketayotgan samolyot bakida bo‘lgan yoqilg‘iga QQS qo‘llayotgan dunyoda birorta ham mamlakat mavjud emas.
Tarmoqda faoliyat yuritayotgan barcha ishtirokchilarga raxmat aytaman. Boshlangan islohotlari muvaffaqiyatli yakunlanishini tilab qolaman.

Aziza Umarova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroporti rivojlanishdan to‘xtab qolishining 3 "muhim sababi"...