23:20 / 22.02.2020
3 476

Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida uning ayoli va farzandi halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida uning ayoli va farzandi halok bo‘ldi
Foto: IIV YHXBB
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 yo‘lining 984-kilometrida 22 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 03:30 da inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

IIV YHXBBdan ma’lum qilishlaricha, shu tumanda yashovchi fuqaro N.S. GAZ-5327 rusumli yuk mashinasini Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, rulda uxlab qolishi sabab mashina yo‘l chetiga ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi salonida bo‘lgan haydovchining turmush o‘rtog‘i — Sh.S. va voyaga yetmagan farzandi — S.T. tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida uning ayoli va farzandi halok bo‘ldi