2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 32 yoshli Sh.O.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida portlash yuz bergani xabar qilingandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, portlash natijasida shoxobcha ishchisi A.K. jarohatlangan bo‘lib unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.
Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz ballonida portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o‘rnatilgan, uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi