14:21 / 28.02.2020
2 805

MIB tomonidan soliq qarzdorliklari undirilmoqda

MIB tomonidan soliq qarzdorliklari undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan doimiy ravishda ijro harakatlari olib borilib, qarzdorliklar undirilmoqda. O‘z vaqtida tegishli xulosa chiqarib, qarzdorlikni to‘lamagan fuqarolarning mol-mulklari xatlanib, onlayn auksion savdosiga chiqarilmoqda.

Joriy yilning 26 fevral kuni soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida ko‘plab qarzdorliklar undirildi.

Jumladan, MIB Qamashi bo‘limi tomonidan “Qamashi paxta tozalash” AJning 501 mln. so‘m soliq qarzdorligi debitorlik pul mablag‘i hisobidan, “Cho‘rtan balig‘i” xususiy korxonasidan 5 mln so‘m naqd pul ko‘rinishida undirildi.
Qarshi tuman “Yo‘llardan foydalanish” korxonasidan 40 mln. so‘m qarzdorlik undirildi.

MIB Qarshi shahar bo‘limi tomonidan “Qarshi Aziz qurilish montaj servis” MCHJdan 37 mln. so‘m qarzdorlik undirildi.
MIB Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan qarzdor “Jovli qassob” MCHJdan 17 mln. so‘m, “Yusupov Ziyovuddin” fermer xo‘jaligidan 8 516 ming so‘m qarzdorlik undirildi.

MIB Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlar “Sarbul” MCHJ, “Chiroqchi agroservis” MTP, “Norqulova Yulduz” YATT, “Kelxoqulov Yusuf” YATTlardan 12 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorliklar undirildi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish yuzasidan ijro harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tomonidan soliq qarzdorliklari undirilmoqda