Ertalab yaxshi kayfiyatda uyg‘onish uchun nima qilish kerak? Biz yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi ertalabki yomon odatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Negativ
Kechki payt ertalabki kayfiyatni qanday ko‘tarish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Bu – sevimli qo‘shiq, vazadagi gul yoki yoqimli atir ham bo‘lishi mumkin.
Kech turish
Ko‘pchilik ertalab uxlashni yaxshi ko‘radi, shuning uchun soat qo‘ng‘irog‘ini 5—10 daqiqa kechroqqa qo‘yadi. Shoshilish kechikish va muhim narsalarni unutib qo‘yishga olib keladi. Bu yomon odatdan qutulishning oson yo‘li – soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha, yalqovlik qilmasdan o‘z vaqtida turish.
Nonushta qilmaslik
Ma’lumki, ertalabki nonushta organizmning uyg‘onishiga va metabolizmni harakatga keltirishga yordam beradi. Ertalab nonushta tayyorlashni yoqtirmasangiz, kechqurun tayyorlab qo‘ying yoki ko‘p vaqt talab qilmaydigan ovqatlar tayyorlang.
Kun uchun rejaning yo‘qligi
Reja tuzib olsangiz, fikringizni to‘playsiz va o‘zingizni ishonchli sezasiz. Reja asosida ishlaringizni bemalol va ikkilanmasdan amalga oshira boshlaysiz.
Keraksiz yangiliklarni ko‘rish
Ertalabdanoq boshlanayotgan kunni diqqat bilan rejalashtirish o‘rniga, dunyo yangiliklarini ko‘rish kayfiyatingizni buzadi. Ertalab faqat o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullaning. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?