Tabiatning mo‘’jizasini qarangki, zahmatkash organizmimiz uyqu vaqtida ham tinimbilmas ekan. Chunki tunda organizmimiz har bir a’zoni “tekshirib”, o‘zini-o‘zi tiklash bilan band bo‘larkan.
Masalan, miya kun davomida qabul qilgan axborotlarni qayta ishlab, saralaydi. Jigar va buyraklar o‘z ishini sekinlashtirsa, oshqozon odatiy tartibda ishlayveradi. Ko‘rish qobiliyati tunda ham o‘z ishini davom ettiradi, lekin miya ko‘rilgan manzarani qabul qilmaydi… Xullas, organizmimizning tungi ish tartibi quyidagicha…
Mutaxassis: terapevt — Sayyora Xolova
Tungi soat 22:00
Bu paytda organizm o‘z qo‘riqchisi — immun tizimi qay darajada ekanini tekshirib ko‘radi. Aynan shu vaqtda uxlashga yotgan insonni organizm yoshlik gormoni — melatoninni ikki baravar ko‘p ishlab chiqarish bilan “taqdirlaydi”.
Tungi soat 23:00
Bu paytda hujayralar o‘z faoliyatini tiklaydi. Qon bosimi, modda almashinuvi pasaya boradi. Shuning uchun kech ovqatlanmang, zarari bor, deyishadi. Sababi hazm qilish traktining «oromi buziladi» va oshqozon bu “yuk”ni uddalashga qiynaladi.
Tungi soat 24:00
Tanamiz, miyamiz o‘tgan kunni sarhisob qiladi: foydali xulosalarni saqlab, keraksizlarini ajratib qo‘yadi.
Tungi soat 1:00
Bu paytda organizm og‘riqqa nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, tish og‘rig‘i aksariyat hollarda aynan shu vaqtda “bosh ko‘tarib” qolishi mumkin.
Tungi soat 2:00
Jigardan boshqa aksariyat a’zolar o‘z faoliyatini sekinlashtiradi. Jigar esa g‘ayrat bilan ishlab, zaharli moddalarni kuchsizlantirib, organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi.
Tungi soat 3:00
Butun organizm dam oladi. Mushaklar to‘liq bo‘shashadi. Puls va nafas olish tezligi sekinlashadi, tana harorati va qon bosimi tushadi. Soat 3 dan 4 gacha bo‘lgan davrda organizmda sarf qilingan quvvatni tiklash ishlari bo‘ladi.
Tungi soat 4:00
Hujayralarning katta qismi faollik bilan bo‘linishi va yangilanishi ishlari yuz beradi. Hujayralarda o‘sish gormonlari ishlab chiqariladi, teri yangilanadi.
Tonggi soat 5:00
Buyrak usti bezlari «uyg‘onadi» va faollik bilan ish boshlaydi: qonga kortizol — stress gormoni yetkazib beradi. Organizm faollasha boshlaydi, qon bosimi, qondagi gormonlar darajasi ko‘tariladi, himoya kuchlari faollashadi.
Tonggi soat 6:00
Qon bosimi va harorat ko‘tariladi. Yurak urishi tezlashadi, qonda adrenalin darajasi oshadi. Bu dush qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt.
Ertalabki soat 7:00
Bu paytda oshqozon-ichak trakti yegulik qabul qilib olishga shay turadi. Immunitet ko‘tariladi.
Manba: darakchi.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?