7 984
Teletomoshabinlarning ovozi Sardor Milanoni «Golos» loyihasining yarim finaliga olib chiqdi
9 dekabr, juma kuni Rossiyaning Birinchi kanalida «Golos» loyihasi 5-mavsumining birinchi chorak finali o‘tkazildi. Loyihada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sardor Milano yarim finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Polina Gagarina jamoasidagi Sardorga chorak finalda Adelina Moiseeva va Tatyana Shamanina raqiblik qildi. Milano Ima Sumakning Taki Rari qo‘shig‘ini ijro etdi.
Shundan keyin Gagarina va teletomashabinlar yarim finalga chiqadigan bir ishtirokchini tanladi. Murabbiyning ovozi quyidagicha taqsimlandi: Adelina Moiseevaga 20, Sardor Milanoga 30, Tatyana Shamaninaga 50 foiz. Maxsus raqamga SMS jo‘natish va qo‘ng‘iroq qilish orqali ovoz bergan muxlislarning 62 foizi Sardorga o‘z ovozini berdi, murabbiy va teletomoshabinlar ovozining jamlanmasiga ko‘ra asli o‘zbekistonlik xonanda yarim finalga yo‘l oldi.
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng Sardor Milano quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor birinchi bosqichdan so‘ng o‘ziga Dima Bilanni ustozlikka tanlagandi. Ammo «battl»da Dima Bilan o‘z jamoasida uni qoldirishni istamadi va Milanoni Polina Gagarina o‘z jamoasiga oldi.
Sardor 2015 yilda Rossiyadagi boshqa bir loyiha — «Glavnaya ssena»da qatnashib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi