Fransiyalik afsonaviy aktrisa Mishel Morgan 96 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligiga asoslanib Kun.uz sayti.
Aktrisaga jahonshumul shuhratni "Tumanlar sohilbo‘yi" (1938) filmidagi Nelli roli keltirgan, u bu filmda Jan Gaben bilan birga suratga tushgan. Mutaxassislar Morganni kinematograf tarixidagi "eng chiroyli ko‘zlar" sohibasi deb atashgan.
"Kinematografning eng chiroyli ko‘zlari seshanba kuni, 20 dekabrda, hayotining 97-yilida abadiy yumildi", deyildi xabarda.
Aktrisa Kann kinofestivalining eng yaxshi ayol rol uchun mukofoti (1946), kinematografdagi buyuk xizmatlari uchun "Sezar" (1992) va "Oltin sher" (1996) mukofotlarini olgan. 1960 yilda Morgan Gollivuddagi "Shon-shuhrat xiyoboni"da o‘zi sharafiga yulduz bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi