«Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

  • 09 yanvar 2017, 13:37
  • 4 783
  • Madaniyat
  • «Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Xilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Daryo» nashri.

    «Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.

    Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.

    «Oy nuri» (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. «Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishida «Manchester» (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa «U» (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.

    Eng yaxshi dramatik serial «Toj» (The Crown) bo‘ldi. «Eng yaxshi animasion film» yo‘nalishida mukofotni «Hayvonlar mamlakati» (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Oltin globus» mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi