date

Samarqandda turistik salohiyatni oshirish uchun yangi dasturlar

Samarqandda turistik salohiyatni oshirish uchun yangi dasturlar

Yig‘ilishda mahalliy turoperatorlar uchun bir qator muhim yangiliklar e’lon qilindi. Xususan, 1 apreldan boshlab turoperatorlarga uch oy davomida jalb qilingan har 1 ming xorijiy turist uchun davlat byudjeti hisobidan 5 ming dollargacha subsidiya ajratiladi. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining yarmi «keshbek» tarzida qaytariladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bo‘lgan 50 ta xorijiy blogerga O‘zbekistonga tashrif buyurishlari uchun yetti kunlik bepul turpaket taqdim etiladi.

Dunyodagi eng yirik onlayn sayohat platformalarida O‘zbekistonga sayohatni targ‘ib qilish bilan bog‘liq xarajatlar ham qoplab beriladi.

Joriy yilda dunyoga mashhur kamida 5 ta san’atkorning gastrollari, shuningdek, 10 ta biznes forumi va moda festivali Samarqandda o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Samarqandni aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimpiada, forum va ilmiy konferensiyalar o‘tkazadigan ilmiy markazga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Masalan, 2028 yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressida hozirning o‘zida yuzdan ortiq davlatdan 10 mingga yaqin odam ishtirok etish istagini bildirgan.

Mutaxassislarga ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda maxsus dasturlar ishlab chiqish topshirildi.

Bu imkoniyatlar natijasida Samarqandga yil oxiriga qadar 6 million turist jalb qilish maqsadi belgilab olindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqandda turistik salohiyatni oshirish uchun yangi dasturlar