Jamila G‘ofurova nega sahnadan uzoqlashganini ochiqladi

Jozibador aktrisa Jamila G‘ofurova «Mening oshxonam» dasturidagi suhbati davomida nega bir muddat ijoddan tanaffus qilgani haqida gapirdi. Uning aytishicha, bu tanaffusning sababi juda quvonchli — aktrisa bu vaqt ichida ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.
Aktrisa suhbat davomida shunday dedi:
«Bir muddat ijoddan tanaffus qildim. Ammo buning sababi juda yaxshi — ketma-ket farzandli bo‘ldim. Hozir to‘rt nafar farzandim bor, Allohga shukr. Eng katta qizim Shirina, u 16 yoshda. Yaxshiyam uni yoshligimda dunyoga keltirgan ekanman. Chunki hozir kichik ukasini shu katta qizim katta qilyapti, go‘yo enaga kabi. Ba’zan hazillashib: “Oyi, men uchun tug‘ganmisiz?” deb ham qo‘yadi. Men esa kulgancha: “Ha, sen uchun tug‘ganman”, deb javob beraman. Hozir sen qiynalyapsan, lekin katta bo‘lganingda ukang yoningga borib “opa, nima xizmat?” deb turganida juda xursand bo‘lasan», — dedi aktrisa.
Jamila G‘ofurovaning samimiy suhbati muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!