date

Samarqandda yoshlar uchun kreativ va intellektual markaz ochildi

Samarqandda yoshlar uchun kreativ va intellektual markaz ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Yoshlar kreativ shaharchasi va jamoat bog‘i bilan tanishishdan boshladi.

Tashrif doirasida davlat rahbari hududdagi viloyat shaxmat federatsiyasi faoliyati, yosh shaxmatchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu maskanda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish, turnirlar o‘tkazish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Uchrashuvda Olimpiada chempioni Jahongir Vahidov ham ishtirok etdi. Undan tashqari, shaharcha yoshlar uchun nafaqat dam olish, balki intellektual rivojlanish va shaxmatni rivojlantirish uchun ham muhim markaz sifatida xizmat qiladi.

Yangi barpo etilgan Yoshlar kreativ shaharchasi yosh avlod uchun bilim olish, strategik fikrlash va ijodiy faollikni rivojlantirishda muhim imkoniyat yaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Samarqandda yoshlar uchun kreativ va intellektual markaz ochildi