Nilufar Usmonova yangi klip ustida ishlamoqda (video)

Xonanda Nilufar Usmonova yangi qo‘shiq va klip ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga klip suratga olish jarayonidan lavhalarni aks ettirgan video post joylab, muxlislarini yangi ijodiy yangilik bilan xabardor qildi.
Xonanda ushbu video ostiga «Coming soon» deb yozib qoldirib, yangi qo‘shiq va klip yaqin kunlarda taqdim etilishini bildirdi.
Shuningdek, Nilufar Usmonova yana bir postida klip suratga olish ishlari qayerda va qanday sharoitda olib borilayotgani haqida ham ma’lumot berdi. Unda xonanda shunday deb yozgan:
«Sovuqqa qaramay, So‘qoqda ishlayapmiz. Katta jamoa va katta mehnat. Rejissyor Sherzod Umarov bilan ishlash esa alohida zavq. Tez orada yangi klipni birga ko‘ramiz».
Ma’lumki, So‘qoq tabiati va manzaralari bilan mashhur hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois muxlislar yangi klip tabiat qo‘ynida suratga olinayotganini ko‘rib, uni alohida qiziqish bilan kutayotganini bildirmoqda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va muxlislar ushbu yangilikni iliq kutib olishdi. Izohlarda ko‘pchilik xonandaning yangi ijodini intiqlik bilan kutayotganini yozib, unga omad va muvaffaqiyat tilashgan.