Sardor Mamadaliyev uchun oliyjanob xonandalar kimlar? Xonandaning javobi

Sardor Mamadaliyev oliyjanob xonandalar deb qo'shiqlarini qizg'anmaydigan ijodkorlarni bilishini aytdi. U Ahad Qayum she'rlari uchun hech kimdan, jumladan undan ham, pul olmaganini ta'kidladi. Xonanda Ozodbek Nazarbekov unga “Meni sevib qolsayding” qo'shig'ini bergani va undan klip olishga ruxsat berganini so'zlab berdi. Mamadaliyev qo'shiqlarni insonlar yaratishga sababchi bo'lishini, aslida esa ular Allohniki ekanini bildirdi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev “IntervyuTV” ko‘rsatuviga bergan suhbatida unga: “Siz uchun oliyjanob xonandalar kimlar?” degan savol berildi.
Savolga javoban xonanda biroz o‘ylanib, o‘z fikrlarini samimiy tarzda bayon qildi:
“Men uchun oliyjanob xonandalar — bu qo‘shiqlarini qizg‘onmaydigan insonlar. Masalan, Ahad Qayum. U kishi hech kimdan she’rlari uchun pul olmagan, mendan ham olmagan. Yana Ozodbek Nazarbekov ham shunday insonlardan.
Bir safar Ozod akamning shousiga chiqib, "Meni sevib qolsayding" qo‘shiqlarini ijro etganman. Ularga yoqdi shekilli, Sardor, mana shu qo‘shiq senga, deb aytdilar. Men esa shu qo‘shiqqa klip suratga olmoqchiman deganimda, klip ham olaver, nima qilsang qil, deb ruxsat berdilar.
Ochig‘i, qanday qilib qo‘shiqni qizg‘anish mumkinligini tushunmayman. Biz bu qo‘shiqlarga faqat sababchimiz, xolos. Aslida ular bizniki emas — Allohniki. Bizga bu qo‘shiqlarni Alloh bergan”, — deya ta’kidladi xonanda.






























Izohlar 0
…