Yasminadan yangi qiziqarli video: “Oyim ishga borsinlarmi?” (video)

Kichik bloger Yasmina Zoitova o‘zining Instagram sahifasiga yangi va samimiy video joyladi. Video ostiga u “Oyim ishga borsinlarmi?” degan yozuvni qoldirgan.
Videoda Yasmina onasi — Shirin Zoitova bilan birga rasm chizayotgan paytdagi qiziqarli va beg‘ubor suhbat aks etgan. Ularning samimiy muloqoti tomoshabinlarga iliq kayfiyat ulashdi.
Izohlarda foydalanuvchilar Yasminaning juda shirin, samimiy va aqlli qizaloq ekanini alohida ta’kidlashgan. Shuningdek, videodan tug‘ilajak chaqaloqni eng ko‘p intiqlik bilan aynan Yasmina kutayotgani ham yaqqol seziladi.
Video yakunida esa u yanada ta’sirli so‘zlar aytadi: Yasmina onasining qorniga boshini qo‘yib, “Tezroq tug‘ilsang, keyin men oyim bilan emas, sen bilan rasm bo‘yayman”, deya gapini yakunlaydi. Bu lavha ko‘plab tomoshabinlarning qalbiga iliqlik ulashdi.