date

Shahlo Alijonova 29 yoshini kutilmagan sovg‘a bilan nishonladi (video)

Shahlo Alijonova 29 yoshini kutilmagan sovg‘a bilan nishonladi (video)

Aktrisa va bloger Shahlo Alijonova o‘zining Instagram sahifasiga joylagan video postlari orqali yana bir yoshga ulg‘ayganini ma’lum qildi. U bu quvonchli kun va unutilmas lahzalarni obunachilari hamda muxlislari bilan baham ko‘rishni istadi.

Aktrisa 29 yoshni qarshi olganini ma’lum qiluvchi videoga "It's my birthday!" deb post qoldirgan.

Bayram kunida u turmush o‘rtog‘idan kutilmagan sovg‘a qabul qildi. Shahlo Alijonova post ostida shunday yozib qoldirgan:

«Aaa, rahmat hayotim. Eng zo‘r tug‘ilgan kun, eng zo‘r tabrik bo‘ldi».

Mazkur post ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘plab obunachilar aktrisani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy va chiroyli tilaklar bildirishdi.

Aktrisaning aytishicha, bu syurpriz hali bayramning boshlanishi ekanini ham ta’kidlab o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahlo Alijonova 29 yoshini kutilmagan sovg‘a bilan nishonladi (video)