date

Zebiniso Holiqova: “20 ming meni egiltirdi…” — hayot sabog‘i (video)

Zebiniso Holiqova: “20 ming meni egiltirdi…” — hayot sabog‘i (video)

Aktrisa Zebiniso Holiqova “Mirsodiqova bilan” dasturidagi suhbati davomida hayotidagi muhim burilishlar, ayniqsa turmush qurishdan oldingi va keyingi davr haqida samimiy fikrlar bildirdi.

Uning aytishicha, yoshligida barcha ehtiyojlari onasi tomonidan ta’minlangan. Hatto mashinasining benzinigacha, kiyim-kechagigacha onasi hal qilib berardi. “Doim ona pul derdim”, deya eslaydi aktrisa.

Zebiniso bir voqeani alohida ta’kidladi:

“Bir to‘yda pul yig‘ayotganimda qo‘limdan 50 dollar tushib ketgan. Lekin egilib olish o‘rniga, ustidan hatlab o‘tib ketganman. Chunki o‘sha payt pulning qadrini his qilmaganman”.

Ammo turmush qurgach, hayot keskin o‘zgargan. U ro‘zg‘or mas’uliyati zimmasiga tushganini va aynan 27 yoshida o‘zini chinakam ulg‘ayganini anglaganini aytadi.

“Bir kuni qo‘limdan 20 ming so‘m tushib ketdi. Uni olish uchun egildim va shu holatda bir oz turib qoldim. Keyin o‘ylab qoldim: 20 ming meni egiltirdiya… Axir bir paytlar 50 dollar uchun egilmagandim, dedim”, — deydi u.

Aktrisa, shuningdek, turmushining ilk davrlarida moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lganini ham yashirmadi. Ular alohida yashagan va yordam beradigan, pul beradigan inson bo‘lmagan. Barcha mas’uliyat er-xotinning o‘z zimmasida edi.

“Shunda onam bilan yashagan davrning qadrini his qilib, yig‘lagan paytlarim ham bo‘lgan”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

Zebiniso yana bir sirini ham ochdi: turmush o‘rtog‘idan uyalgani uchun ikki oy davomida to‘ylarga chiqayotganini aytmagan. “Syomkaga ketyapman deb kiyimlarimni olib, onam bilan 3-4 soatga to‘yga borib kelardim”, — deydi u.

Oxir-oqibat u turmush o‘rtog‘iga hammasini aytgan:

“To‘yga borishimni bilasizmi? Bugun meni 20 ming egiltirdi, deganimda, turmush o‘rtog‘im: To‘yga borma, men bunga qarshiman, deganlar”, — deya so‘zlarini yakunladi aktrisa.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zebiniso Holiqova: “20 ming meni egiltirdi…” — hayot sabog‘i (video)